Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deyk Arne Slotning «Liverpul»dan ketganiga munosabat bildirdi

Van Deyk Arne Slotning «Liverpul»dan ketganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» sardori Virdjil van Deyk jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning iste’fosi haqida fikr bildirdi. Kecha, 30 may kuni «Liverpul» Slotning lavozimidan ozod etilganini rasman e’lon qilgan edi.

«Biz birgalikdagi ilk mavsumimizdagi Premyer-liga g‘olibligini hech qachon unutmaymiz. Sizga rahmat, murabbiy. Sizga va oilangizga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deb yozdi van Deyk ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Slot mersisaydliklarni 2024 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida «Liverpul» 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi. Yakunlangan joriy mavsumda esa «qizillar» 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallashdi.

«Liverpul»ga tayinlanishidan oldin Slot Niderlandiyaning «Feyenoord» klubini boshqargan.

Kiritildi: 16:28, 31.05.2026.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик