«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Arne Slotning iste’fosidan so‘ng bo‘shab qolgan murabbiylik kursisiga Andoni Iraola kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Uning jamoalari intensiv futbol o‘ynaydi va klub aynan shu uslubga qaytishni istamoqda. U APLda ajoyib ishni amalga oshirdi», — deya Karragerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Shu bilan birga, ekspert Iraolaning tayinlanishi ma’lum tavakkalchiliklar bilan bog‘liq ekanini ham ta’kidladi:
«Asosiy savol shundaki, jamoa har 3 kunda o‘yin o‘tkazadigan holatda u bunday intensivlikni saqlab qola oladimi? «Bornmut»da sharoitlar mutlaqo boshqacha edi».
Yakunlangan mavsumda Iraola boshchiligidagi «Bornmut» o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarga yo‘llanma oldi. Jamoa turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi — bu «Liverpul» qayd etgan beshinchi o‘rindan bor-yo‘g‘i bir pog‘ona past demakdir.













