Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Londonda katta chempionlik paradini o‘tkazmoqda

«Arsenal» Londonda katta chempionlik paradini o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

London ko‘chalarida ayni damda «Arsenal» futbol klubining chempionlik paradi bo‘lib o‘tmoqda. BBC xabariga ko‘ra, Premyer-liga g‘olibiga aylangan jamoa a’zolari maxsus avtobusda shahar bo‘ylab yurish qilib, o‘z muxlislari bilan zafarni nishonlamoqda.

Millionlab muxlislar qurshovida o‘tayotgan ushbu tadbir klub tarixidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi. Boisi, «kanonirlar» Angliya chempionatida so‘nggi bor 2003/04 yilgi mavsumda, afsonaviy Arsen Venger qo‘l ostida zafar quchgan edi. O‘shanda Arsen Venger shogirdlari turnirni birorta mag‘lubiyatsiz yakunlab, «engilmas»lar nomi bilan tarixga kirishgandi. Oradan o‘tgan 22 yildan ziyod vaqtdan so‘ng jamoa yana Premyer-liga shohsupasiga ko‘tarildi.

Qayd etish joizki, bayram tantanalari «Arsenal» uchun biroz o‘zgacha ruhda o‘tmoqda. Kecha, 30 may kuni londonliklar Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga qarshi bahs olib borib, dramatik kechgan o‘yinda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi (asosiy vaqt 1:1). Shunga qaramay, APLdagi muvaffaqiyat muxlislar uchun katta bayramga aylandi va jamoa mavsumni munosib tarzda yopmoqda.

Kiritildi: 18:38, 31.05.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик