Konferensiyalar ligasining so‘nggi mavsumidagi eng yaxshi jamoasiga aylangan «Kristal Pelas» bosh murabbiylik lavozimiga fransiyalik mutaxassis Pyer Saj nomzodini o‘rganmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Avvalgi ustoz Oliver Glasner klub bilan shartnomani uzaytirmadi. «Burgutlar» Andoni Iraola bilan kelishishga uringan edi, ammo u «Bornmut»dan «Liverpul»ga o‘tishi kutilmoqda.
47 yoshli Pyer Saj hozirda «Lans»da ishlamoqda. Yakunlangan mavsumda u jamoasini Fransiya Kubogi g‘olibligiga olib chiqdi, shuningdek, chempionatda ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini ta’minladi.
Sajning muvaffaqiyatlari bir nechta klublar e’tiborini tortdi, biroq murabbiyning o‘zi ish joyini o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini aytgan. Agar Saj bilan muzokaralar samarasiz bo‘lsa, klub boshqa nomzodlarga murojaat qilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan variantlar qatorida hozirda «Koventri Siti»da ishlayotgan Frenk Lempard, shuningdek, Kiran Makkenna, Shon Daych va Tomas Frank nomlari tilga olinmoqda.













