Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Tottenxem» va «Chelsi» muxlislariga Pirs Morgandan keskin javob

«Tottenxem» va «Chelsi» muxlislariga Pirs Morgandan keskin javob

Baho:
+ | -2

«Arsenal» muxlisi sifatida tanilgan britaniyalik mashhur boshlovchi Pirs Morgan «Tottenxem» va «Chelsi» muxlislarining tanqidlariga munosabat bildirdi. «Kanonirlar» Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, sovrinni qo‘lga kirita olmadi.

«O‘z mavsumlarini qanday o‘tkazganini ko‘rib, «Tottenxem» va «Chelsi» muxlislarining «Arsenal» ustidan kulishlari — bu aql bovar qilmaydigan holat. Biz Angliyadagi eng yaxshi jamoamiz va Yevropadagi ikkinchi eng kuchli jamoamiz. Sizlar esa butun dunyoga kulgi bo‘lasizlar. Shunday ekan, og‘zingizni yoping, keraksiz omadsizlar», — deb yozdi Morgan o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Shuningdek, Morgan «Tottenxem» matbuot xizmatining Yevropa ligasi kubogi surati ostiga «Evropada g‘alaba qozonish — hamma uchun emas» deb yozilgan postiga ham munosabat bildirdi.

«Mening 61 yillik hayotim davomida «Tottenxem» na Premyer-ligani, na Birinchi divizionni yutgan», — deya javob qaytardi u.

Ma’lumot uchun, «Shporlar» so‘nggi bor 1961 yilda Angliyaning eng yaxshi jamoasi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 19:03, 31.05.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик