Himoyachi Antonio Ryudiger «Real»da o‘ynashda davom etadi. Germaniyalik Sky jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi Madrid grandi bilan yangi shartnomaga imzo chekkan.
Ryudigerning yangi mehnat kelishuvi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, kelishuv to‘liq yakunlangan. Biroq, «Real» tomonidan bu boradagi rasmiy e’lonni biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot klubdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng ochiqlanadi. Saylovlar 7 iyunga belgilangan.
2025/2026 yilgi mavsumda Antonio Ryudiger 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Nemis himoyachisi 2022 yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.













