Meksikalik hujumchi Santyago Ximenes yakunlangan mavsum haqida fikr bildirib, o‘z ishtirokini muvaffaqiyatsiz deb hisoblashini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Ximenes chempionat doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq birorta ham gol ura olmadi.
«Hujumchi sifatida menga bo‘layotgan tanqidlar o‘rinli. Tifozilar hujumchilardan gol kutishadi. «Milan» esa kurashishi va Chempionlar Ligasida bo‘lishi kerak. Na u va na bu ish amalga oshdi. Mavsum yomon o‘tdi», — deya meksikalik futbolchining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Ma’lumot uchun, Ximenes Italiya klubiga 2025 yil yanvar oyi oxirida kelib qo‘shilgan edi. «Milan»ga qadar u Rotterdamning «Feyenoord» jamoasida to‘p tepgan.













