"Bavariya" darvozaboni Yonas Urbig boshqa klublarning qiziqishini uyg‘otdi. Italiyaning "Yuventus" klubi 22 yoshli posbonga qiziqish bildirmoqda va uni ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda, Angliya Premyer-ligasi jamoalari ham uning o‘yinlarini kuzatmoqda, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.
"Bavariya" darvozabon bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, ammo 30 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. Yonas Urbig o‘tgan mavsumda Vinsent Kompani jamoasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Transfermarkt mutaxassislari nemis posbonining narxini 18 million yevroga baholamoqda.













