Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiyaning asosiy himoyachisi Jahon chempionati oldidan safdan chiqdi

Fransiyaning asosiy himoyachisi Jahon chempionati oldidan safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati yaqinlashmoqda va Fransiya terma jamoasida xavotirlanish uchun sabablar paydo bo‘ldi. Foot Mercato xabariga ko‘ra, fransiyaliklar himoyachi Vilyam Salibaning holatidan tashvishda.

Saliba Chempionlar ligasi finaliga qadar sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan edi, «PSJ»ga qarshi o‘yin esa jarohatni yanada og‘irlashtirdi. Futbolchi hamon og‘riq sezmoqda va bir necha haftani o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 16 iyun kuni Senegalga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng Didye Desham shogirdlari guruh bosqichida Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan Jahon chempionati finalida Fransiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Argentinaga mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 16:21, 01.06.2026.
O'qildi: 1082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик