Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jurnalist: «Xulian Alvaresning «Atletiko»da qolishi deyarli imkonsiz»

Jurnalist: «Xulian Alvaresning «Atletiko»da qolishi deyarli imkonsiz»

Baho:
+ | -

Jurnalist Gaston Edul hujumchi Xulian Alvares yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishiga ishonmoqda.

«Xulian Alvares kelasi mavsumda ham «Atletiko»da o‘ynashini juda qiyin, hatto deyarli imkonsiz deb hisoblayman», — deya Edulning so‘zlarini keltiradi «Mundo Deportivo».

Shu bilan birga, jurnalist «Atletiko» allaqachon Alvares bo‘yicha ikkita taklifni — «Barselona» va «PSJ»dan kelgan xatlarni rad etganini ta’kidlab o‘tdi. Xulian Alvaresning kelajagi borasidagi mish-mishlar yaqin orada kamaymasligi aniq.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli argentinalik futbolchining «Atletiko» bilan tuzgan shartnomasi yana to‘rt mavsumga mo‘ljallangan. Avvalroq Alvaresga «Barselona» loyihasi ma’qul kelayotgani va futbolchi «Kamp Nou»da to‘p surishni istashi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 18:07, 01.06.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик