«Chelsi»ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya klubni tark etishga tayyor. Ispaniyalik futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, agar taklif futbolchining transfer qiymatiga mos kelsa, londonliklar uning ketishiga qarshilik ko‘rsatmaydi. Bir qator jamoalar Kukurelya atrofidagi vaziyatdan xabardor va uni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Ular orasida «Barselona» va «Atletiko» ham bor.
Shuningdek, «Manchester Siti»ni boshqarishi ehtimoli yuqori bo‘lgan Enso Mareska yozgi transferlar oynasida qanot himoyachisi pozisiyasini kuchaytirishdan manfaatdor ekani xabar qilinmoqda.
O‘tgan mavsumda Kukurelya APLda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













