40 yoshli darvozabon Gilyermo Ochoa Meksika terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritildi.
Futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qatorida o‘z faoliyatida oltinchi Jahon chempionatiga boradigan milliy terma jamoa tarkibidan joy oldi.
2006 va 2010 yilgi mundiallarda Ochoa Meksika terma jamoasining uchinchi darvozaboni sifatida qatnashgan va maydonga tushmagan edi. Shunday qilib, Ochoa hozirgacha uchta Jahon chempionatida o‘ynagan. Bo‘lajak musobaqa esa u uchun to‘rtinchisi bo‘lishi mumkin.
Messi va Ronaldudan tashqari, beshta Jahon chempionatida Antonio Karbaxal, Rafael Markes, Andres Guardado (barchasi Meksikadan) va Lotar Matteus (FRG / Germaniya) ishtirok etishgan.













