«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yaqin kelajakda klub miqyosidagi ishga qaytish niyatida emas. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.
«Inter Mayami» xo‘jayini Devid Bekxem Xavyer Maskerano ketganidan so‘ng 55 yoshli mutaxassisni jamoaga bosh murabbiy sifatida taklif qilmoqchi bo‘lgan edi. MLSda ishtirok etuvchi klub rahbariyati ispaniyalik murabbiy bilan hamkorlikni Shimoliy Amerikada o‘tayotgan 2026 yilgi jahon chempionati vaqtida muhokama qilishni rejalashtirgandi.
Manbaga ko‘ra, Gvardiola muzokaralarga qiziqish bildirmayapti. Murabbiy «Manchester Siti»dagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng karyerasida uzoq muddatli tanaffus olishni va bu vaqtni oilasiga bag‘ishlashni maqsad qilgan.
Shuningdek, mutaxassis dam olish vaqtida futboldan butunlay uzoqlashishni istagani uchun jahon chempionati o‘yinlariga borishni ham rejalashtirmayotgani ta’kidlanmoqda.













