Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pulishich 21 ta o‘yin deganda gol urdi

Pulishich 21 ta o‘yin deganda gol urdi

Baho:
+ | -

Kristian Pulishich 2026 yil boshidan buyon ilk bor gol urdi.

«Milan» yarim himoyachisi kecha AQSH terma jamoasining Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:2) gol muallifiga aylandi va Serjinyo Destga golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha Pulishich ketma-ket 21 ta o‘yinda klub va terma jamoa safida gol ura olmagandi. U oxirgi marta 28 dekabr kuni A Seriya doirasida «Verona»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) raqib darvozasini ishg‘ol etgandi.

«Men o‘zimga bo‘lgan ishonchni his qildim. So‘nggi bir necha oy ichida men yaxshi o‘ynadim, ammo odamlarni faqat gollar qiziqtiradigan ko‘rinadi. Umid qilamanki, endi bu haqda gapirish to‘xtaydi. O‘zimni yaxshi his qilyapman va bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini ekanini tushunaman. Oldinda muhim o‘yinlar kutib turibdi va men tayyor bo‘lishim kerak», — dedi Pulishich o‘yindan so‘ng.

Kiritildi: 01:55, 02.06.2026.
O'qildi: 467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик