«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4) «Arsenal» ko‘rsatgan o‘yinni keskin tanqid ostiga oldi.
«Ehtimol, bu men Chempionlar Ligasi finallarida ko‘rgan eng kuchsiz o‘yindir. Rostini aytsam, «Arsenal» 120 daqiqa davomida xuddi «Xetafe» kabi o‘ynadi. Ular 90 daqiqani himoyada o‘tirish bilan o‘tkazishdi, keyingi 30 daqiqada esa o‘z darvozalari oldiga yanada chuqurroq joylashib olishdi. Men ulardan ozgina bo‘lsa-da intilish, ozgina jasorat kutgandim, lekin ularning taktikasi aniq edi: jon saqlash, jon saqlash, yana jon saqlash va David Rayya penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishiga umid qilish.
Bu Chempionlar Ligasi finali, omon qolish uchun kurash emas. Ikki soat davomida o‘z jarima maydonchangni himoya qilib, keyin buni taktik shedevr deb atashlarini kutish mumkin emas. Men uchun bu ushbu turnir finallari tarixidagi eng yomon o‘yinlardan biridir», — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports.
«PSJ» Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki mavsum g‘olib chiqqan tarixdagi ikkinchi klubga aylandi.













