Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Dante «Bavariya»da murabbiy bo‘lib ishlaydi

Rasman: Dante «Bavariya»da murabbiy bo‘lib ishlaydi

Baho:
+ | -

Braziliya milliy terma jamoasi va «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Dante Myunxen grandida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

42 yoshli mutaxassis Myunxen jamoasining ikkinchi jamoasini (Bavariya-2) boshqaradi. Ta’kidlash joizki, «Bavariya-2» Germaniyaning to‘rtinchi divizionida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Dante 2012 yildan 2015 yilgacha «Bavariya» sharafini himoya qilgan. Myunxenliklar safida braziliyalik futbolchi to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritgan. Dantening futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klubi Fransiyaning «Nissa» jamoasi bo‘ldi. O‘tgan mavsumda himoyachi Fransiya chempionatida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta sariq kartochka olgan.

Kiritildi: 16:30, 02.06.2026.
O'qildi: 435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик