Kirish Ro'yxatdan o'tish

Michel «Ayaks»ga bosh murabbiy bo‘ladi

Michel «Ayaks»ga bosh murabbiy bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Jirona»ning sobiq bosh murabbiyi Michel Gonsales Niderlandiyaning «Ayaks» klubi bilan mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 50 yoshli ispaniyalik mutaxassisning klub bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Michel faoliyati davomida avvalroq «Jirona», «Ueska» va «Rayo Valyekano» klublarida ishlagan.

«Ayaks» o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatini muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, turnir jadvalida atigi beshinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 34 ta turda 56 ochko to‘plab, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasiga yo‘llanma ololmadi. Yozda amsterdamliklar Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida ishtirok etishadi.

Kiritildi: 18:03, 02.06.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик