«Yuventus» Andrea Kambyazo bilan xayrlashishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, himoyachi endi daxlsiz hisoblanmaydi va u klubga 40 dan 50 million yevrogacha foyda keltirishi mumkin, bu esa «byankonerilar»ning moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi.
Bir oy oldin 26 yoshli futbolchi bo‘yicha «Barselona» so‘rov yuborgan edi, keyinchalik unga «Komo» qiziqish bildirdi. Endi esa italiyalik futbolchini «Chelsi» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Kambyaso bir qator top-klublar da’vogarlik qilayotgan Mark Kukurelyaning o‘rnini egallashi mumkin.
Bu mavsumda Andrea A Seriyada 36 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.













