Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» «Arsenal» nishonidagi yulduzli Rojers borasida qaror qabul qildi

«Aston Villa» «Arsenal» nishonidagi yulduzli Rojers borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjersning top-klubga o‘tishi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. «Transfer News Live» nashri «Telegraph»ga tayanib xabar berishicha, Birmingem klubi rahbariyati 23 yoshli futbolchiga bir qator grandlar tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotganidan xabardor, biroq uni sotish niyatida emas.

Jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olganidan so‘ng, «Villa» o‘z yulduzi bilan xayrlashishga hojat yo‘q deb hisoblashadi. Biroq, agar juda ham foydali taklif tushsa, klub o‘z pozisiyasini o‘zgartiradimi yoki yo‘q — bu noma’lumligicha qolmoqda.

Morgan Rojers uchun asosiy da’vogar sifatida so‘nggi paytlarda Londonning «Arsenal» klubi tilga olinmoqda, shuningdek, unga «Manchester Siti» ham qiziqish bildirmoqda. «Transfermarkt» ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:49, 03.06.2026.
O'qildi: 245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик