Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isak Arne Slotning «Liverpul»dan ishdan bo‘shatilishiga izoh berdi

Isak Arne Slotning «Liverpul»dan ishdan bo‘shatilishiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak bosh murabbiy Arne Slotning iste’fosi haqida o‘z fikrini bildirdi. Niderlandiyalik mutaxassisning ishdan bo‘shatilgani 30 may kuni e’lon qilingan edi. Murabbiy «qizillar»ni ikki yil davomida boshqardi.

«Hozirda Shvesiya terma jamoasi ixtiyoridaman, shuning uchun «Liverpul» ishlaridan biroz «uzilganman». Ammo murabbiyning ketishi — bu har doim qayg‘uli holat. Odatda, ishlar yomon ketganda birinchi bo‘lib aynan murabbiylar jabr ko‘radi. Biroq, aytganimdek, nima bo‘lgani va nima bo‘lishi haqida ko‘p narsa bilmayman. Slotga faqat eng yaxshi tilaklarni tilashim mumkin», — deya Isakning so‘zlarini keltiradi ingliz OAVlari.

Arne Slotning o‘rnini «Bornmut»ning sobiq ustozi Andoni Iraola egallashi kutilmoqda, u bilan allaqachon kelishuvga erishilgan.

Kiritildi: 12:08, 03.06.2026.
O'qildi: 146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик