Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» 17 yil ichida ilk bor niderlandiyalik futbolchini tarkibiga qo‘shib oladi

«Real» 17 yil ichida ilk bor niderlandiyalik futbolchini tarkibiga qo‘shib oladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi safiga uzoq tanaffusdan so‘ng Niderlandiya vakili — Denzel Dyumfris kelib qo‘shiladi. 2006-2009 yillar oralig‘ida «Qirollik klubi» bir yo‘la besh nafar niderlandiyalik futbolchini sotib olgan, biroq ularning hech biri kutilgan natijani ko‘rsata olmagan edi. Shundan so‘ng «qaymoqranglilar» go‘yoki «lolalar mamlakati» futbolchilaridan ko‘ngli qolgandek bo‘ldi.

Endi, oradan 17 yil o‘tib, bu «taqiq» bekor qilinmoqda: «Real» Milanning «Inter» klubidan Denzel Dyumfrisni sotib olishga bir qadam qoldi. 30 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Ispaniya grandiga 20 million yevroga tushadi. Dyumfrisning o‘zi allaqachon transferga rozilik bergan. Yaqin vaqt ichida bitim rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

«Real» tomonidan sotib olingan so‘nggi niderlandiyalik futbolchi hozirgacha Klaas-YAn Xuntelar hisoblanadi – u 2009 yil boshida «Ayaks»dan xarid qilingandi.

Kiritildi: 12:17, 03.06.2026.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик