Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saliba: «Men uchun bu ikkinchi Jahon chempionati, lekin men uni birinchisi deb hisoblayman»

Saliba: «Men uchun bu ikkinchi Jahon chempionati, lekin men uni birinchisi deb hisoblayman»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba bo‘lajak Jahon chempionatidagi o‘z istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi o‘tgan mundialda «uch ranglilar» qaydnomasida bo‘lgan, biroq maydonga faqat bir marta tushgan xolos.

Bu safar esa 25 yoshli «kanonirlar» yulduzining asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatlari ancha yuqori.

«Men o‘tgan Jahon chempionatining deyarli barcha o‘yinlarini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdim. O‘shanda o‘zimga shunday degan edim: «Keyingi turnirda men albatta o‘ynashim kerak». Rasman bo‘lajak chempionat men uchun ikkinchisi bo‘ladi, lekin men uni birinchisi deb hisoblayman», — deya Salibaning so‘zlarini keltiradi «Arsenal Radar».

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi mundial guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bilan birga I guruhidan joy olgan.

Kiritildi: 12:48, 03.06.2026.
O'qildi: 327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик