Londonning «Arsenal» klubi va Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba bo‘lajak Jahon chempionati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Uch ranglilar» mundialning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Didye Desham shogirdlari guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
«Qaysi raqib bilan to‘qnash kelishni istardim? Argentina bilan. O‘tgan safar ularga qanday mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak, yana ular bilan o‘ynashni istaymiz. Biz revansh olishni xohlaymiz», — deya Salibaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Angliya ommaviy axborot vositalari.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Argentina terma jamoalari 2022 yil oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Jahon chempionati finalida to‘qnash kelgan edi. O‘shanda o‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida «albiseleste» (Argentina) g‘alaba qozongan edi.













