Hujumchi Dushan Vlaxovichning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi oy oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Tomonlar allaqachon uzoq vaqtdan buyon muzokaralar olib bormoqda, biroq haligacha bir to‘xtamga kela olishmadi. Serbiyalik futbolchining boshqa klublarga o‘tish variantlari ham ko‘p emas: u bilan turli jamoalar bog‘langan bo‘lsa-da, hozirgi paytda hech qanday aniqlik yo‘q.
Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabrisio Romanoning xabarlariga ko‘ra, yaqin orada «Yuventus» hujumchining vakillari bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha so‘nggi muzokaralarni o‘tkazadi. «Keksa sinyora» rahbariyati 26 yoshli futbolchi baribir shartnoma imzolashi va klubda qolishiga ishonmoqda, chunki boshqa da’vogarlarning hech biri unga moliyaviy jihatdan shunchalik qulay shartlarni taklif qilishga tayyor emas.













