Hujumchi Rasmus Xoylund Angliyaning «Manchester Yunayted» klubidan Italiyaning «Napoli» jamoasiga to‘liq ko‘chib o‘tdi. Bu haqda «qizil iblislar» matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida rasman xabar berdi. Futbolchi o‘tgan yilning yozidan beri Neapol klubida ijara asosida to‘p surayotgan edi.
«Klubdagi barcha Rasmusga kelgusi faoliyatida omad tilaydi», — deyiladi «Manchester Yunayted» xabarida.
Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, «Napoli»ning Xoylunni sotib olish varianti 44 million yevroni tashkil etgan. 2023 yilning avgustida «Manchester Yunayted» daniyalik hujumchining transferi uchun «Atalanta»ga 79,8 million yevro to‘lagan edi. Yakunlangan mavsumda 23 yoshli forvard A Seriyaning 33 ta o‘yinida 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













