Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lennart Karl «Bavariya» mashg‘ulotlarida o‘zini ko‘proq hayratda qoldirgan futbolchilarni aytdi

Lennart Karl «Bavariya» mashg‘ulotlarida o‘zini ko‘proq hayratda qoldirgan futbolchilarni aytdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Lennart Karl Myunxen klubidagi qaysi futbolchilardan ko‘proq o‘rganishi haqidagi savolga javob berdi.

«Maykl Olise — kuzatishni juda yaxshi ko‘radigan insonim. U men bilan deyarli bir xil zonalarda o‘ynaydi, u ham chapaqay va to‘p bilan juda xotirjam harakat qiladi, undan ko‘p narsani o‘rganishim mumkin. Shuningdek, Kimmix yoki Xarri Keyn kabi futbolchilarni ham aytib o‘tishim kerak. Meni ularning maydondan tashqaridagi mehnati hayratda qoldiradi. Ular sport zalida qanday ishlashi, bunga qanchalik jiddiy yondashishi va ularning kundalik tartibi qanchalik professional ekanini ko‘rish chindan ham kishini lol qoldiradi», — deya Karlning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Säbener 51.

2025/26 yilgi mavsumda Lennart Karl «Bavariya» safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:40, 03.06.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик