Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yamal va Uilyamsning holati haqida gapirdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yamal va Uilyamsning holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis de la Fuente jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Iroqqa qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyaliklar mazkur bahsni 4 iyun kuni o‘tkazadi.

De la Fuente ikki nafar jarohat olgan futbolchi — Lamin Yamal va Niko Uilyams ertangi o‘yinda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.

«Ertaga ularning hech biri maydonga tusha olmaydi. Agar hammasi hozirgidek ketsa, ular 15 iyun kuni o‘yinni asosiy tarkibda boshlashlari mumkin. Ammo bu ular albatta o‘ynaydi degani emas, ko‘ramiz. Biz ularning holatini har bir bosqichda baholab boramiz», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Blaugranes.

Mundialning guruh bosqichida ispaniyaliklar mos ravishda 15, 21 va 27 iyun kunlari Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 18:44, 03.06.2026.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик