Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Monako» «Barselona» futbolchisini sotib olmoqchi

«Monako» «Barselona» futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Monako» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado bilan o‘z tarkibini kuchaytiradi. Bu haqdagi yangilik bilan jurnalist Migel Blaskes ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bo‘lishdi.

Manbaga ko‘ra, transfer 95 foizga yakunlangan. Monako klubi yangi o‘yinchi uchun 18 million yevro to‘laydi, bonus to‘lovlari bilan esa kelishuv summasi 23 million yevroga yetishi mumkin. Shuningdek, kataloniyaliklar Kasadoning kelajakdagi transfer qiymatining 20 foizini olish huquqiga ega bo‘lishadi.

Kasado 23 yoshda bo‘lib, u «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu bois, bo‘lajak transfer uning klub faoliyatidagi ilk ko‘chishi bo‘ladi. Yakunlangan mavsumda Kasado «Barsa» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali kataloniyaliklarning yosh iqtidorini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:27, 03.06.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик