Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva o‘zining navbatdagi klubi borasida faqat 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng qaror qabul qiladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
«Dastlabki reja Jahon chempionatiga qadar yangi jamoani tanlab olish edi, biroq Silva hozircha hech narsa hal bo‘lmaganini tushunib yetdi va endi bor e’tiborini Portugaliya terma jamoasiga qaratmoqchi», — deya agent Jorje Mendeshga tayangan holda tushuntiradi Romano.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchiga da’vogar bo‘lgan ikki asosiy klub — bu Madridning «Atletiko»si va «Barselona»dir. Mavsum yakunida Silva to‘qqiz yil davomida to‘p surgan «Manchester Siti»ni tark etdi. 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo DR terma jamoalari bilan kuch sinashadi.













