«Komo» Chempionlar ligasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida «Real» hujumchisi Gonsalo Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Italiya klubida allaqachon «Madrid»ning ikki sobiq o‘yinchisi – himoyachi Xakobo Ramon va yarim himoyachi Niko Pas to‘p surmoqda.
Yanvar oyida Gonsalo bilan «Yuventus» qiziqqan edi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol muallifi bo‘ldi.













