Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» yosh iqtidorli himoyachi uchun kurashda grandlarni ortda qoldirdi

«Inter» yosh iqtidorli himoyachi uchun kurashda grandlarni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Atalanta»ning o‘ng qanot himoyachisi Marko Palestra «Inter»ga o‘tishga tayyor. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, milanliklar grandi 21 yoshli futbolchi bilan to‘liq og‘zaki kelishuvga erishgan: shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, yillik maoshi 3 million yevroni tashkil qiladi.

Iqtidorli italiyalik futbolchiga «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirgandi. Marko Palestraning transfer qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 35 million yevroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi ijara asosida «Kalyari» safida to‘p surgan. «Inter»da lateral tez orada Madridning «Real» klubiga o‘tishi kutilayotgan Denzel Dyumfrisning o‘rnini egallashi mumkin.

Kiritildi: 08:51, 04.06.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик