Bundesligada Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasida to‘p surayotgan germaniyalik himoyachi Nataniel Braun ikkita Yevropa top-klubi nishonida turibdi. «The Athletic» jurnalistlari xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni Londonning «Arsenal» va Myunxenning «Bavariya» klublari istamoqda.
Germaniya terma jamoasi a’zosining transfer qiymati hozirda 40 million yevroni tashkil etadi. Nataniel amaldagi klubi bilan 2030 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzolagan. O‘tgan mavsumda Braun «Ayntraxt» safida 42 ta o‘yinda ishtirok etdi. Himoyachi o‘z hisobiga to‘rtta gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













