Taniqli insayder Fabrisio Romano «Yuventus» chap qanot himoyachisi Andrea Kambyasoning «Barselona» yoki «Chelsi»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Transfer ekspertining ma’lumotiga ko‘ra, OAVda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, «ko‘klar» («Chelsi») italiyalik futbolchi bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormagan.
Romanoning qo‘shimcha qilishicha, «Barselona» esa 26 yoshli o‘yinchini kuzatib kelayotganiga bir necha oy bo‘ldi – u kataloniyaliklarning chap qanot himoyasi uchun ko‘rib chiqilayotgan uchta nomzoddan biri hisoblanadi. «Transfermarkt» bahosiga ko‘ra, Andrea Kambyasoning transfer qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. Lateralning «Yuventus» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.













