«Manchester Siti» tez orada yangi bosh murabbiy tayinlanganini e’lon qiladi. O‘n yil davomida ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Xosep Gvardiola mavsum yakunida iste’foga chiqdi. Ispaniyalik murabbiyning o‘rnini uning sobiq yordamchisi Enso Mareska egallashi kutilmoqda.
Jurnalist Kiran Djillning xabar berishicha, Gvardiola «shaharliklar» rahbariyatining italiyalik murabbiyga ishonish haqidagi qarorini ma’qullagan. Agar barchasi reja bo‘yicha ketsa, Enso Mareska «Manchester Siti» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Bitim Mareskaning sobiq klubi — yanvar oyida iste’foga chiqarilgan «Chelsi»ga tovon puli to‘lash zarurati tufayli kechikishi mumkin.













