Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal», «Tottenxem» va «Aston Villa» Ispaniyadan futbolchi sotib olmoqchi, biroq...

«Arsenal», «Tottenxem» va «Aston Villa» Ispaniyadan futbolchi sotib olmoqchi, biroq...

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» vingeri Ander Barrenechea faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bir yo‘la uchta ingliz klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Gap «Arsenal», «Tottenxem» va «Aston Villa» klublari haqida ketmoqda.

Hozirgi vaqtda «kanonirlar» futbolchi uchun taxminan 30 million yevro atrofidagi dastlabki taklifni tayyorlashmoqda, biroq vingerning shartnomasida ko‘rsatilgan 75 million yevrolik tovon puli ushbu transfer uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Barrenechea barcha musobaqalarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:21, 04.06.2026.
O'qildi: 382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик