Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Al-Hilol» Dembelega 200 million yevrolik shartnoma taklif qilmoqda

«Al-Hilol» Dembelega 200 million yevrolik shartnoma taklif qilmoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usman Dembele faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. «Goals Zone» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Al-Hilol» klubi fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Saudiya klubi forvardga 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan va umumiy maoshi 200 million yevroni tashkil qiladigan shartnoma taklif qilishga tayyor. «Al-Hilol» rahbariyati Dembeleni jamoaning Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqishiga yordam beradigan asosiy va hal qiluvchi futbolchi deb hisoblamoqda.

Usman Dembele 2023 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 50 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:29, 04.06.2026.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик