Andoni Iraola Liverpul shahriga yetib keldi. Bu haqda «The Independent» nashri xabar bermoqda.
43 yoshli ispaniyalik mutaxassis San-Sebastyan shahridan Jon Lennon nomidagi aeroportga shaxsiy samolyotda uchib kelgan va u yerdan haydovchili maxsus avtomobilda ketgan. Iraola bilan muzokaralar juda tez fursatda yakuniga yetdi. Bunga uning «Bornmut» klubidagi birgalikdagi faoliyati orqali «Liverpul» sport direktori Richard Xyuz bilan yaxshi tanish bo‘lganligi sabab bo‘lgan.
Yaqin soatlar ichida Iraola klub bilan ikki yillik shartnoma imzolashi va iste’foga chiqarilgan Arne Slotning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Ortda qolgan mavsumda jamoa Angliya chempionatida (APL) beshinchi o‘rinni band etdi. Bu esa qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonidan keyin jamoa uchun orqaga tashlangan katta qadam bo‘ldi.













