«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson «Manchester Siti»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi.
Insayder-jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «shaharliklar» birinchi taklif rad etilganidan keyin ham 23 yoshli xavbek bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, «Nottingem Forest» o‘z futbolchisi uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ olishni ko‘zlagan.
Agar Anderson transferi amalga oshmay qolsa, «Manchester Siti» «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonaliga e’tibor qaratishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, italiyalik futbolchi «Man Siti» uchun eng muqobil variantga aylanib bormoqda. Shuningdek, Tonaliga Londonning «Arsenal» klubi ham qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.













