Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Fatining «Monako»ga transferiga shart qo‘ymoqda

«Barselona» Fatining «Monako»ga transferiga shart qo‘ymoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» Ansu Fatini kelajakda ortga qaytarib olish imkoniyatini saqlab qolmoqchi.

Avvalroq, «Monako» vingerni 11 million yevroga sotib olmoqchi ekani va futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Biroq «blaugrana» shartnomaga o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish opsiyasini yoki hech bo‘lmaganda keyingi sotuvdan ma’lum bir foiz olish bandini kiritmoqchi bo‘layotgani sababli transfer ishlari hali yakuniga yetkazilgani yo‘q.

Qayd etilishicha, «Barselona» monegasklar Fatini nisbatan arzon garovga sotib olib, keyinchalik uni kataloniyaliklarning raqobatchilariga qimmatga pullashini xohlamayapti.

Transfer kechikayotganining yana bir ehtimoliy sababi — Ispaniya chempionlari futbolchi uchun boshqa klublardan bundan ham yirikroq taklif tushishidan umid qilmoqda.

Kiritildi: 22:49, 04.06.2026.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик