«Liverpul» Yan Diomande uchun kurashga qo‘shildi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, APL klubi «Leypsig» bilan aloqaga chiqqan va transfer ustidagi ishlarni faollashtirgan. Qayd etilishicha, mersisaydliklar ayni damda futbolchi bilan muzokaralarda eng qulay va kuchli pozisiyani egallab turibdi.
Shu bilan birga, «Liverpul» rahbariyati futbolchi uchun so‘ralayotgan 130 million yevrodan ko‘proq mablag‘ni to‘lashga tayyor ekanligiga to‘liq ishonchi komil emas.
Diomandega «PSJ» tomonidan bo‘layotgan qiziqish ham saqlanib qolmoqda, biroq parijliklar hozircha «qizillar» kabi ilgarilab keta olishgani yo‘q. Shuningdek, Yan «Manchester Siti»ga ham ma’qul kelmoqda.













