Kirish Ro'yxatdan o'tish

Farioli «Portu»da qoladigan bo‘ldi

Farioli «Portu»da qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Portu» bosh murabbiyi Franchesko Farioli «Fenerbaxche» tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay, shu yozda Portugaliya klubini tark etmaydi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya grandi 37 yoshli mutaxassis bilan hech qanday muzokara olib bormagan. Avvalroq, agar Hakan Safi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, italiyalik murabbiy jamoa boshqaruviga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida tilga olingan edi. Farioli turk futboli bilan juda yaxshi tanish: u ilgari «Alanyaspor» va «Fatix Karagyumryuk» klublarida ishlagan, shu sababli Istanbul klubining yangi rahbariyati uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rilayotgandi.

Biroq murabbiy bor e’tiborini «Portu»dagi faoliyatiga qaratgan. Mutaxassis 1 iyul kuni o‘z vazifasini bajarishga qaytadi va jamoani yangi mavsumga tayyorlashni boshlaydi. Uning «ajdarholar» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsum Farioli uchun ancha muvaffaqiyatli kechdi. Uning boshqaruvida «Portu» «Sporting» va «Benfika»ni ortda qoldirib, Portugaliya chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, Yevropa Ligasining chorak finaliga qadar yetib bordi.

Kiritildi: 23:33, 04.06.2026.
O'qildi: 163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик