Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Mourinyo Turkiya futbol federasiyasi ustidan inson huquqlari sudiga shikoyat qildi

Mourinyo Turkiya futbol federasiyasi ustidan inson huquqlari sudiga shikoyat qildi

Baho:
+ | -

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo Turkiya futbol federasiyasi tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llangan intizomiy jazolar yuzasidan Yevropa inson huquqlari sudiga murojaat qildi. Bu haqda Turkiye Today nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ish 2024 yil noyabr oyida “Fenerbahche” va “Trabzonspor” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Mourinyoning hakamlik haqidagi tanqidiy bayonotlari sabab qo‘llangan sanksiyalar bilan bog‘liq. O‘shanda portugaliyalik mutaxassisga jamoa kiyinish xonasiga kirish vaqtincha taqiqlangan va unga yuz minglab turk lirasi miqdorida jarimalar solingan edi.

63 yoshli Mourinyo 2024 yil iyunidan 2025 yil avgustigacha “Fenerbahche”ni boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa 62 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta g‘alaba qayd etdi, 11 marta mag‘lub bo‘ldi va 14 uchrashuvda durang o‘ynadi.

2025 yil sentyabridan buyon Mourinyo Portugaliyaning “Benfika” klubini boshqarib kelmoqda. Avvalroq uning Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:31, 05.06.2026.
O'qildi: 1291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик