«Real» prezidenti Florentino Peres prezidentlik saylovlaridagi raqibi Enrike Rikelmening «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandni transfer qilish bo‘yicha bergan va’dalariga piching bilan izoh berdi.
Ispaniyalik tadbirkor chorshanba, 3 iyun kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda norvegiyalik futbolchining familiyasi va 9-raqam tushirilgan «Real» futbolkasini namoyish etgan edi. Keyinchalik futbolchining vakillari bu ma’lumotni rad etib bayonot berishdi.
«Xoland? Buni hamma rad etdi. Xolandning agenti, Xolandning otasi, Xolandning klubi — xullas, hamma. Bu shunchaki quruq va’da edi. Agar mabodo kimdir bilmasa, eslatib o‘taman: bunday ishlarda avvalo klub bilan bog‘lanish kerak», — deya Peresning so‘zlarini keltiradi Diario AS nashri.
«Real» prezidentligi uchun saylovlar shu yakshanba, 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
25 yoshli norvegiyalik hujumchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 200 million yevroga baholamoqda. 2025/26 yilgi mavsumda Holand barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













