Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iraola «Liverpul» muxlislariga murojaat qildi

Iraola «Liverpul» muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Payshanba kuni «Liverpul» Andoni Iraolaning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini rasman e’lon qildi. Ispaniyalik mutaxassis yakunlangan mavsumdan so‘ng iste’foga chiqarilgan Arne Slotning o‘rnini egalladi.

«Klub muxlislariga murojaat? Men ulardan ko‘p narsa talab qila olmayman. Ularning qanday ekanligini juda yaxshi bilaman. Faqat shuni ayta olamanki, men ulardan biriga aylanishni istayman. Bu huquqni mehnatim bilan qozonishni va hammamiz birgalikda ushbu jarayondan zavq olishimizni xohlayman», — deya Iraolaning so‘zlarini Anfield Sector nashri keltirmoqda.

43 yoshli mutaxassis bunga qadar uch yil davomida «Bornmut»ni boshqarib, klub bilan salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan edi. Yakunlangan mavsumda «olchalar» Premyer-liga turnir jadvalida «Liverpul»dan bor-yo‘g‘i uch ochko ortda qolgan holda, oltinchi o‘rinni egallashdi.

Kiritildi: 09:00, 05.06.2026.
O'qildi: 339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик