Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» 60 million yevroga baholanayotgan vunderkindni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Arsenal» 60 million yevroga baholanayotgan vunderkindni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Atalanta» klubi markaziy himoyachisi Onest Axanorga Londonning «Arsenal» klubi va boshqa ko‘plab grand jamoalar qiziqish bildirmoqda.

«To‘pchilar» 18 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorini to‘ldirishdi. Shuningdek, ushbu o‘yinchini «Bavariya», Madridning «Real», «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari ham kuzatib bormoqda, deb xabar bermoqda ingliz OAVlari.

«Atalanta» o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘lgan ushbu chiqib kelayotgan yulduz uchun 60 million yevro talab qilmoqda va bundan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas. Transfermarkt saytida Onest Axanorning transfer bahosi 30 million yevro etib belgilangan.

Yakunlangan mavsumda yosh futbolchi Bergamo jamoasi safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan italiyalik himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:04, 05.06.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик