«Liverpul» klubi yangi bosh murabbiy masalasida bir qarorga keldi — bu lavozimni Andoni Iraola egalladi. Ispaniyalik mutaxassisning tayinlangani haqida payshanba kuni rasman e’lon qilindi.
Jurnalist Endi Xanterning so‘zlariga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati 43 yoshli mutaxassisni mavjud nomzodlar ichida eng yaxshilaridan biri deb hisoblagan. Taxminlarga ko‘ra, «Bornmut»ning sobiq ustozi Arne Slot davrida amalga oshmay qolgan g‘oya va rejalarni hayotga tatbiq etish uchun ideal tarzda mos keladi.
«Liverpul» vakillarini «olchalar»ning Iraola qo‘l ostida ko‘rsatgan natijalari hayratda qoldirgan: jamoa muntazam ravishda kutilganidan yaxshiroq natija qayd etgan va resurslar borasida o‘zidan ancha ustun bo‘lgan raqiblarni ortda qoldirib kelgan. Bularning barchasiga agressiv yuqori pressingga asoslangan o‘yin uslubi orqali erishilgan va bu jihat ham «qizillar»ni o‘ziga jalb qilgan.
Andonining yana bir muhim ustunligi — futbolchilarni individual tarzda rivojlantira olish qobiliyatidir. «Bornmut»ning so‘nggi yillardagi bir qator yirik transfer sotuvlari ham aynan shundan dalolat beradi.













