«Barselona» vingeri Runi Bardji faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. 20 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda maydonda tez-tez ko‘rinish bermadi va endilikda «ko‘k-anorranglilar» uni ijaraga berib yuborishga tayyor.
TEAMtalk nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yosh shvesiyalik futbolchiga «Lids» klubi qiziqish bildirmoqda. Hozircha ushbu variant futbolchining o‘zini qay darajada qoniqtirishi noma’lum.
Bardji Xans-Diter Flik jamoasi safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Runining Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
«Lids» Angliya chempionatining o‘tgan mavsumini 14-o‘rinda yakunlagan edi.













