Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lineker JCH-2026 startidan oldin xavotir bildirdi

Lineker JCH-2026 startidan oldin xavotir bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi, hozirda esa futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Lineker JCH-2026 o‘yinlari chipta narxlari haddan tashqari qimmatligi borasida fikr bildirdi.

«Chipta narxlari... Ular oddiy muxlislar uchun hamyonbop bo‘ladimi? Mundiallarning eng katta quvonchi — stadionlarda Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlardan kelgan minglab ashaddiy ishqibozlarni ko‘rishdir. Bunday narxlar bilan biz yana o‘sha muhitni ko‘ra olamizmi? Bu meni qattiq xavotirga solmoqda», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi iNews.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati Shimoliy Amerikaning uchta davlati: AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnir 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:11, 05.06.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик