Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Liverpul»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubida mavsum sarhisob qilindi. Xususan, muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Ushbu nominasiyada Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai g‘olib chiqdi. Shartli so‘rovnomada qatnashgan respondentlarning 66 foizi aynan unga ovoz bergan.

Yakunlangan sport mavsumida Dominik mersisaydliklar safida jami 53 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 25 yoshli futbolchi ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 13 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Soboslai 2023 yilning yozidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Ayni paytda yarim himoyachining transfer bahosi 100 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:24, 05.06.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик