Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Braziliya terma jamoasidan nimani talab qilayotganini aytdi

Anchelotti Braziliya terma jamoasidan nimani talab qilayotganini aytdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning JCH-2026 dagi g‘alabasi haqidagi savolga ijobiy javob berdi.

Tajribali mutaxassisga Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida g‘olib chiqadimi yoki yo‘qmi, degan savol berildi.

«Menimcha, ha, g‘olib bo‘ladi. Men futbolchilarda yuqori umid va ishonch tuyg‘usini shakllantirishni xohlayman. Oldinga qo‘yilgan maqsad va umidlar qanchalik yuqori bo‘lsa, motivasiya ham shunchalik kuchli bo‘ladi», — deya ma’lum qildi Karlo Anchelotti.

«Iqtidordan faqat ahil va jipslashgan jamoa mavjud bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin. Biz aynan mana shu jihat ustida ishlashimiz kerak va buni albatta amalga oshiramiz. Psixologik omil juda muhim ahamiyatga ega: futbolchilar xudbinlikdan yiroq, kamtar bo‘lishlari, yagona maqsad yo‘lida tinimsiz mehnat qilishlari va jamoa muvaffaqiyatiga o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 11:29, 05.06.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик